
“World MMA Awards” yilning eng yaxshi MMA jangchilarini aniqladi
Har yili o‘tkaziladigan “World MMA Awards” tadbirida nominatsiya g‘oliblari aniqlandi.
O‘rta vazn toifasida UFC chempioni Israel Adesanya “jangchi” deb tan olindi. Shuningdek, u "Xalqaro yil jangchisi" nominatsiyasida ham mukofotga ega chiqdi.
UFCning ikki yo‘nalish chempioni Amanda Nunes “Yilning eng yaxshi ayol jangchisi”sifatida e’tirof etildi.
Quyida qolgan nominatsiyalar bilan tanishishingiz mumkin.
Yil kashfiyoti: Xorxe Masvidal
Yilning eng yaxshi murabbiyi: Trevor Vittman
Yil jangi: Vayli Chjan va Yonna Endjeychik to‘qnshuvi.
Yil nokauti: Xorxe Masvidalning Ben Askrenni mag‘lub etgani.
Yil usuli: Demian Mayya va Ben Askren
Yil qaytishi: Stipe Miochich va Daniel Korme, ikkinchi jang.
Yil syurprizi: Aleksandr Volkanovski va Maks Xollouey, birinchi jang.
Yilning eng yaxshi zali: “American Top Team”.
Yil promousheni: UFC.
Fikrlar