
WSB: Isroil Madrimov vs Saparbay Aydarov
"Uzbek Tigers" - "Astana Arlans Kazakhstan" jamoalari bahsida Isroil Madrimov va Saparbay Aydarov 75 kilogramm vazn toifasida jang qiladi.
Isroil o‘z vazn toifasida O‘zbekistonning bugungi kundagi eng kuchli bokschilaridan. Eng katta yutug‘ini Osiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritgan va terma jamoasiz hisobiga kumush medal qo‘shgan.
22 yoshli bokschimiz WSB turniridagi ishtirokini 4 mart kuni boshladi va rossiyalik Rajab Rajabovni katta ustunlik bilan engdi.
Isroilning Toshkentdagi uchrashuvdagi raqibi Saparbay Aydarov Qozog‘ison chempioni bo‘lgan. Bu bokschi ham Butunjahon boks seriyalaridagi ishtirokini 4 mart kuni boshladi va "Xitoy Ajdarlari" vakili Minggang Jaoni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bu jangda ikki bokschidan birining hisobiga ilk mag‘lubiyat yoziladi.
Fikrlar