Xabi Alonso APL klubida ish boshlashi mumkin

  • 18.01.2026 14:59
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso APL klubida ish boshlashi mumkin. Bu haqida jurnalist Migel Deleyni ma'lum qildi.

Manbada berilgan ma'lumotga ko‘ra, Londonning "Tottenxem" klubi Tomas Frankni lavozimidan ozod etish haqida o‘ylamoqda. "Shporlar" daniyalik mutaxassis o‘rniga Xabi Alonsoni asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Ma'lumot uchun, ispaniyalik mutaxassis yaqinda "Real Madrid"dagi lavozimidan ozod etilgan edi. U Madrid klubini 28 ta uchrashuvda boshqarib, 20 ta g‘alaba, 3 ta durang va 5 ta mag‘lubiyat qayd etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!