Xabi Alonso "Barsa" himoyachisidan quruq qolishi mumkin
«Barselona» tarkibida to‘p surib kelayotgan himoyachi Jerar Martin yaqin vaqtlar ichida jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqida El Nacional nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchiga ikki yirik klub da’vogarlik qilmoqda. Jerar Martin xizmatlariga «Chelsi» va «Milan» jiddiy qiziqish bildirgan.
Hozircha eng faol harakatni Italiya klubi amalga oshirmoqda. Xabarlarga ko‘ra, «rossoneri» Jerar Martin transferi uchun 35 million yevro to‘lashga tayyor.
Xabi Alonso kataloniyaliklar futbolchisini "Chelsi"ga olib kelish tarafdori bo‘lsa-da, klub rahbariyati transfer bo‘yicha amaliy harakatlarni boshlagani yo‘q.

Fikrlar