Xabi Alonso Bellingemga erkinlik beradi

  • 7 oktabr, 12:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ni yozda qabul qilib olgan Xabi Alonso jamoaga o‘z o‘yin uslubini singdirishga harakat qilmoqda. Ispaniyalik murabbiy oldida turgan muhim masalalardan biri jamoadagi yulduzlarga tarkibda joy topish va ularga etarli darajada o‘yin vaqti ajratishdan iborat.

Tecno

Xabi Alonso ayni paytda yaqinda jarohatidan qutilib, safga qaytgan Jud Bellingemni jamoaga integratsiya qilishga urinmoqda.

Murabbiylar shtabi sport formasini tiklab olishga urinayotgan angliyalik yarim himoyachini to‘rtta uchrashuvda zaxiradan maydonga tushirdi va bittasida boshlang‘ich tarkibga kiritdi.

Marca nashrining yozishicha, Alonso Bellingemning pozitsiyani va maydondagi vazifalarini o‘zgartirmaydi. Jud avvalgidek erkin ijodkor sifatida o‘ynayveradi va jamoasiujumga o‘tganida raqib jarima maydonchasigacha kirib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!