Xabi Alonso “Chelsi”ga besh futbolchi olib kelmoqchi. Birinchi nomzod aniq

  • 28.05.2026 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi”ni qabul qilib olgan yangi bosh murabbiy Xabi Alonso o‘zi qo‘l urayotgan loyihani amalga oshirish uchun yozgi transferlar vaqtida besh nafar futbolchi sotib olishni rejalashtirmoqda.

TEAMtalk nashri ma’lumotiga ko‘ra, ispaniyalik murabbiyning birinchi nishoni mashhur hujumchi Viktor Osimxen bo‘ladi.

So‘nggi mavsumlarni Turkiyaning “Galatasaroy” klubida o‘tkazgan Osimxenni Xabi Alonso jamoasining asosiy hujumchisiga aylantirishni mo‘ljallagan. Osimxen atrofida yangi jamoa shakllantiriladi.

Shu tariqa, “Stemford Brij”da katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.

Viktor Osimxen 2025 yilda Italiya ning “Napoli” klubidan “Galatasaroy”ga 75 million yevroga transfer qilingan edi. Ungacha nigeriyalik futbolchi turk klubida bir mavsum ijarada o‘ynadi.

Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Joriy mavsumda nigeriyalik futbolchi turk klubi safida barcha turnirlarda 33 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!