Xabi Alonso “Chelsi”ga oʻyinchi tanlay boshladi

  • 20.05.2026 20:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklardan keyin “Chelsi” rahbariyati jamoa bosh murabbiyligiga ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonsoni tayinladi.

Xabi Alonso “Bayer”dagi ajoyib faoliyatidan keyin “Real”ni boshqarishga taklif etilgandi. Lekin “Qirollik klubi” mavsumning o‘rtasida uni iste’foga chiqarib yuborib.

Jurnalist Ben Jeykobs ma’lumotiga ko‘ra, London grandi Xabi Alonsonga transferlarda hal qiluvchi ovoz berish vakolatini kafolatlagan. Endi “aristokratlar” kelasi mavsum oldidan ikki yoki uch nafar tajribali va tayyor futbolchini sotib olishni mo‘ljallayapti.

“Aston Villa” hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rojers asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Shuningdek,  londonliklar chap qanot hujumi uchun kreativ futbolchi olib keladigan bo‘ldi. Ayni paytda nomzodlar tanlanyapti.

Bundan tashqari, “Chelsi”ga ko‘p gol ura oladigan markaziy hujumchi ham kerak. Ammo bu masala hozirgi tarkibdan nechta futbolchi sotib yuborilishiga bog‘liq bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!