Xabi Alonso “Chelsi”ni nega tanlaganini tushuntirdi
O‘tgan mavsum so‘nggi qismini muvaffaqiyatsiz o‘tkazgan “Chelsi” Premyer-ligada 10-o‘rinni egalladi va evrokuboklarga yo‘llanma ololmadi.
“Chelsi” bosh murabbiyi Xabi Alonso nima uchun London klubida ishlashga rozi bo‘lganini izohladi.
Biroq bu holat Alonsoni qo‘rqitmadi. Ispaniyalik mutaxassis klubda katta salohiyat borligini ko‘rgan va uni ochishni maqsad qilgan.
- Men bu vaqt klub uchun ham, men uchun ham eng to‘g‘ri payt ekanini ko‘rdim. Bu yaxshi imkoniyat edi. Jamoa yaqin vaqtlarda yomon o‘ynamagan, vaziyat esa mavsum oxiridagidek og‘ir emasdi.
Bu yerda o‘sish uchun katta imkoniyat bor. Bu qancha vaqt olishini keyin ko‘ramiz. Biz allaqachon o‘zgarishlarni boshladik, tarkibni tahlil qilyapmiz va kelajak haqida o‘ylayapmiz. Bu jarayon davom etmoqda.
Men bu yerda murabbiy sifatida ishlashdan zavq olishimga isondim, - dedi Xabi Alonso Football.London nashriga.

Fikrlar