Xabi Alonso EChL qur’asi va "Qayrat" bilan bo‘ladigan o‘yin haqida gapirdi

  • 29.08.2025 22:38
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso Chempionlar Ligasi qur’asi natijalari haqida gapirdi.

Turnirning umumiy bosqichida "Real" o‘z maydonida "Manchester Siti", "Yuventus", "Marsel" va "Monako"ga qarshi bahs olib boradi. Madrid klubi safarda "Liverpul", "Benfika," "Olimpiakos" va "Qayrat" klublari bilan kuch sinashadi.

"Guruhimizdagi raqiblar kuchli, lekin bu bizga motivatsiya beradi.

Qozog‘istonga safar - o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi, musobaqa davomida bunday sharoitlarga moslashtirishimizni ko‘ramiz.

Bu g‘ayrioddiy holat. Logistikani iloji boricha soddalashtirish kerak bo‘ladi", - dedi "Madrid"ning bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!