Xabi Alonso “el-klasiko”da g‘alabani kim ta’minlaganini aytdi

  • 27 oktabr, 06:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining o‘ninchi turida “Real” o‘z maydonida mamlakatning amaldagi chempioni “Barselona”ni qabul qilib, keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvda 2:1 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Madridliklarning gollari Kilian Mbappe va Jud Bellingem hisobiga yozilgan bo‘lsa, kataloniyaliklardan Fermin Lopes javob to‘pini kiritdi.

“Real” bosh murabbiy Xabi Alonso “el-klasiko”dagi g‘alabaga quyidagicha izoh berdi.

- Bu muhim g‘alaba bizning ruhiyatimiz ko‘tarish uchun juda ahamiyatli va biroz uni nishonlashga haqlimiz. Ammo oldinda qiladigan ishlarimiz ko‘p.

Bu bahsda biz yanada ko‘proq gol urishimiz mumkin edi. Ayniqsa, “el-klasiko”da yarim himoyada bo‘sh o‘ynab bo‘lmasligini bilardik.

“Barselona”ning yuqori pressingini engishda yarim himoyachilar juda muhim rol o‘ynadi. Ular maydon markazi va har ikki qanot bo‘ylab to‘pni oldingi chiziqqa etkazib berishni zo‘r uddaladi, - dedi Xabi Alonso.

 “El-klasiko”dan keyin “Real” ochkolari sonini 27 taga etkazib, musobaqa jadvalida peshqadamlik mavqeini mustahkamlab oldi. “Barselona” esa, endi madridliklardan besh ochkoga ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!