Xabi Alonso "Liverpul"ni boshqarishi mumkin. Asosiy shartlaridan biri — Arda Gyuler
Xabi Alonso "Real Madrid"ning sobiq bosh murabbiyi sifatida "Liverpul"ni boshqarishi mumkin. "TEAMtalk" xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis ingliz klubiga o‘z shartlarini ilgari surgan.
Uning ta’kidlashicha, agar u yozda "Liverpul" bosh murabbiyiga aylansa, "Real Madrid" yarim himoyachisi Arda Gyulerni jamoaga olib kelishni istaydi.
Arda Gyuler 2023 yilda "Fenerbaxche"dan "Real Madrid"ga 26 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda turkiyalik yarim himoyachi madridliklar safida barcha musobaqalarda 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 12 ta samarali uzatma amalga oshirdi.
Transfermarkt portali Arda Gyulernig transfer qiymatini 90 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar