Xabi Alonso: "Mayamidagi o‘yin La Ligani soxtalashtiradi"

  • 18.10.2025 17:13
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso La Liganing AQShda o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘yiniga qarshi fikrini bildirdi

"Mening fikrim ikki oy avval qanday bo‘lgan bo‘lsa, hozir ham shunday. Biz bu o‘yinga qarshi­miz va bu musobaqani soxtalashtiradi, deb hisoblaymiz.

Norozilik bildirish - ijobiy ishora, chunki ular ko‘plab klublarning pozitsiyasini ifodalaydi. Barcha klublar bu masalada bir ovozdan fikrda", — dedi Alonso.

Avvalroq UEFA istisno tariqasida "Barselona" va "Vilyarreal"ga 20 dekabr kuni Mayamida o‘yin o‘tkazishga ruxsat bergan edi. Ispaniya futbolchilar assotsiatsiyasi esa bu haftadagi tur boshlanishida ramziy norozilik aktsiyalarini e’lon qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!