Xabi Alonso nega «Chelsi» bosh murabbiyligini qabul qilganini aytdi
«Chelsi»ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso jurnalistlar bilan suhbatda nega aynan London klubini tanlagani haqida toʻxtalib oʻtdi.
Alonsoning taʼkidlashicha, u futbolni juda yaxshi koʻradi va «Chelsi»ni dunyodagi eng nufuzli jamoalardan biri deb biladi. Ispaniyalik mutaxassis ingliz klubida ishlash imkoniyatini katta sharaf va faxr, deb atadi.
«Bu klubda ulkan salohiyat bor, deb oʻylayman. Endi mening asosiy vazifam — aynan shu «Chelsi» bilan muvaffaqiyatlarga erishish», — deya Alonso soʻzlarini keltiradi jurnalist Fabrizio Romano.
Eslatib oʻtamiz, Xabi Alonso shu yozda «aristokratlar»ni qabul qilib oldi. «Chelsi» oʻtgan mavsum Angliya premer-ligasida faqat oʻninchi oʻrinni egallab, evropa musobaqalari yoʻllanmasidan mahrum qolgan edi. Alonso bundan avval Madridning «Real» klubi va Leverkuzenning «Bayer» jamoasida ish tajribasiga ega.

Fikrlar