Xabi Alonso nega "Real Madrid" ketma-ket ochko yo‘qotganini aytdi!

  • 01.12.2025 10:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso La Liganing 14-turida "Jirona"ga qarshi 1:1 hisobidagi durangdan keyin fikr bildirdi. 

"Mavsumda turli bosqichlar bo‘ladi. Mavsum boshida safar o‘yinlarida barqaror harakat qilgan bo‘lsak, so‘nggi uchrashuvlarda bu o‘zgardi.

Bugun ikkinchi taymda birinchi taymga nisbatan ancha yaxshi o‘ynadik. Hisobni tenglashtirdik. Jamoa gol urishga intildi, ikkinchi golni urish imkonini beradigan uch-to‘rtta yaxshi vaziyatga ham egalik qildik.

"Real" belgilab qo‘ygan yuqori standartlarga amal qilishimiz kerak. Mavsum uzun.

Futbolchilar goldan keyin yaxshi reaktsiya ko‘rsatishdi. Birdam bo‘lib qolishimiz, o‘zimizga tanqidiy nigoh bilan baho berishimiz va safarda g‘alaba qozonish istagini saqlab qolishimiz zarur.

O‘yin davomida uzoq vaqt mobaynida ustunlikni qo‘lga kirita olmadik, bizning maqsad esa shu. Nega bunday bo‘lganini tahlil qilishimiz kerak", – dedi Xabi Alonso.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!