Xabi Alonso "Qayrat"ga qarshi uchrashuv va Mbappening xet-trigi haqida gapirdi
"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso Chempionlar ligasining ikkinchi turida "Qayrat" ustidan qozonilgan yirik g‘alabani (5:0) baholadi.
"Biz aniq reja bilan keldik, maqsadimiz olti ochkodan barchasini olish edi. "Yuventus"ga qarshi o‘yin oldidan gollar urish juda muhim bo‘ldi. Futbolchilar jiddiy yondashishdi va yaxshi o‘ynashdi. Endi "Vilyarreal" haqida o‘ylaymiz", – dedi Alonso.
Mbappening xet-trigi haqida
"Hozir u har bir o‘yinda hal qiluvchi rol o‘ynayapti. Darvoza oldida juda samarali, xotirjam va buni yana isbotladi. Biz unga ko‘proq imkoniyatlar yaratib berishimiz kerak. Derbida urgan goli ham ajoyib edi. Men Kiliandan, uning gollari va jamoaga ko‘rsatayotgan ta’siridan juda mamnunman. U butun mavsum davomida hayratlanarli darajada o‘ynay oladi", - deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis frantsiyalik forvard haqida.
Fikrlar