Xabi Alonso sensatsion mag‘lubiyat aybdorini ko‘rsatdi
Ispaniya chempionligi uchun kurashayotgan “Real” futbolchilari 15-turda “Santyago Bernabeu” stadionida “Selta” jamoasini qabul qilib, muhim bahsda 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Mehmonlardan Villiot Svedberg tanaffusdan keyin zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, madridliklar darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi.
“Real” o‘yinchilaridan uch nafari – Fran Garsiya, Alvaro Karreres va Endrik (zaxira o‘rindig‘ida) qizil kartochka oldi.
Mag‘lubiyatdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Xabi Alonso hakamlarni keskin tanqid qildi.
- Hakamning qarori bizga qattiq ta’sir qildi. U yo‘qotilgan vaqtni hisobga olmadi, tempimizni tushirdi,o‘yinni buzdi.
Fernandesning chetlatilishi juda bahsli. Bu jamoamizni muvozanatdan chiqardi. Ayrim vaziyatlarda u bizni o‘yindan chiqardi. Hakamlik menga umuman yoqmadi, - dedi Xabi Alonso.
Bu mag‘lubiyatdan keyin “Real” chempionlik kurashida ashaddiy raqib – “Barselona”dan endi jami to‘rt ochkoga ortda qolmoqda.
Fikrlar