Xabi Alonso uchta asosiy mezonni aytdi
«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa tarkibining muvozanati haqida fikr bildirdi.
«Avval jamoani tashqaridan o‘rgandim, keyin esa klub ichidagi odamlar va futbolchilar bilan suhbatlashib, ularga nimasi yetishmayotganini tushunishga harakat qildim. Men uchun eng muhimi – barcha jihatda to‘g‘ri muvozanatni topish.
Jismoniy tayyorgarlik, mahorat va tajriba o‘rtasida, hali rivojlanishi kerak bo‘lgan yosh futbolchilar bilan allaqachon shakllangan o‘yinchilar o‘rtasida muvozanat bo‘lishi shart.
Hech narsa ideal bo‘lmaydi, lekin hozir shunday pallaga yetdikki, amalga oshirilgan ishlarni futbol nuqtai nazaridan mantiqan to‘g‘ri deb baholash mumkin. O‘ylaymanki, endi yangi loyiha uchun yaxshi start nuqtasiga ega bo‘ldik», – dedi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, Alonso 1 iyuldan boshlab rasmiy «Chelsi» bosh murabbiyi sifatida ish boshladi.

Fikrlar