Xabi Alonso yuz oʻgirgan hujumchiga toʻrtta xaridor chiqdi

  • 01.08.2026 08:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Maʼlum boʻlishicha, Premier-liganing toʻrt klubi “Chelsi” hujumchisi Liam Delapni oʻz safiga qoʻshib olishga daʼvogarlik qilmoqda.

“Chelsi” rahbariyati 35 yoshli hujumchi Denny Uelbek bilan shartnoma imzolagandan keyin Delapning ketishi masalasi yanada faollashadi.

Liam Delap Avstraliyada oʻtayotgan yigʻin doirasidagi ilk oʻrtoqlik uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Biroq bu tarkibda kelasi mavsum Premier-ligada asosiy jamoa vakili sifatida oʻynashi kutilayotgan futbolchilar deyarli yoʻq edi.

Bu holat angliyalik hujumchi Xabi Alonso ni ishon­tirmaganini va u yangi klub qidirishi mumkinligini yana bir bor koʻrsatmoqda.

Ayni vaqtda “Nottingem Forest”, “Everton”, “Nyukasl” va “Lids” Liam Delapga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Bu qiziqish “Chelsi” uchun ham foydali, chunki londonliklar hujumchi uchun oʻtgan yozda toʻlagan mablagʻga yaqin summani talab qilishi mumkin.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!