Xabi Alonson “Chelsi”ning uch futbolchisidan to‘liq voz kechdi

  • 27.06.2026 09:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Football Insider nashri ma’lumotiga koʻra, ijaradan qaytgan uch nafar futbolchi — Aksel Disasi, Tayrik Jorj va David Datro Fofana joriy yozda “Chelsi”ni butunlay tark etadi.

Ularning har biri faoliyatini boshqa klubda davom ettirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. “Chelsi” esa yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar uchala futbolchi ham jamoani tark etishini kutmoqda.

Aksel Disasi oʻtgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida “Vest Xem”da oʻtkazdi va jamoa Chempionshipga tushib ketganiga qaramay, yaxshi oʻyin namoyish qildi.

Tayrik Jorj esa qisqa muddatli ijara davomida “Everton”da oʻzini koʻrsata olmadi. Shu sababli klub uni sotib olish bandini faollashtirishi kutilmayapti.

David Datro Fofana esa “Chelsi” xoʻjayinlariga qarashli “Strasburg” klubida asosiy tarkibdan joy ololmadi. Shuning uchun klub unga ham doimiy transferga ketish uchun ruxsat bermoqchi.

Bosh murabbiy Xabi Alonso yozda bir qator ortiqcha futbolchilar bilan xayrlashishiga toʻgʻri keladi. Chunki “Chelsi” Yevropa musobaqalarida ishtirok etmaydigan noyob mavsumga tayyorgarlik koʻrmoqda.

Hozircha ushbu futbolchilar qachon klubni tark etishi aniq emas. Biroq avgust oyi oxiriga qadar ularning barchasi “Chelsi№ safida boʻlmasligi kutilmoqda.

Shuningdek, agar klub yoz davomida keraksiz futbolchilarning aksariyati bilan xayrlasha olmasa, Xabi Alonso yangi transferlardan tashqari haddan tashqari kengaygan tarkib bilan ishlashga majbur boʻladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!