Xabib Nurmagomedov: "Kolumbiya Argentinani ham mag‘lub etadi, agar..."

  • 28.06.2026 21:55
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC shon-shuhrat zali a’zosi Xabib Nurmagomedov 2026 yilg futbol bo‘yicha jahon chempionati pley-off bosqichida Argentina va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni ko‘rishni istamoqda.

"Argentina-Kolumbiya o‘yinini intizorlik bilan kutyapman. Agar, ular chorak finalgacha raqiblarini yenga olishsa, albatta, to‘qnash kelishadi. Guruh bosqichida kolumbiyaliklar Meksikadagi ikki o‘yinida g‘alaba qozondi, biroq AQShda Portugaliya bilan durrang o‘ynadi. Agar ular Messining jamoasiga qarshi ham Meksikada maydonga tushsa, keyingi bosqichga chiqishi mumkin. Chunki Meksika kolumbiyaliklarning xuddi ikkinchi uyiga o‘xshaydi", - deb yozdi Nurmagomedov o‘zining telegram-kanalida.

Eslatib o‘tamiz, 1/16 final bosqichida Argentina Kabo-Verde bilan, Kolumbiya esa Gana bilan uchrashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!