Xabib Nurmagomedov Konorsiz hozirgi darajasiga erisha olmasdi!

  • 22.05.2026 13:47
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yarim o‘rta vazn toifasida UFC sobiq chempioni Kamaru Usmon Konor Makgregor bilan bo‘lgan jang Xabib Nurmagomedovning faoliyatini yangi bosqichga olib chiqqanini ta’kidladi.

"Har qaysi sohada yuqori natija ko‘rsatish uchun senga yaxshi raqobatchi kerak. Bu qoida futbolda ham, MMAda ham bir xil ishlaydi. Mana qarang, Xabib Konorsiz hozirgi darajasiga erisha olmasdi. Buni barchamiz bilamiz. To‘g‘ri, Nurmagomedov iste’dodli va mehnatkash edi, biroq tarixda qolish uchun senga munosib hamda kuchli raqib ham kerak. Kolbi Kovington men uchun ana shunday edi", - dedi Usmon Genri Sehudo bilan podkastda.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor va Xabib o‘rtasidagi to‘qnashuv 2018 yil "UFC 229" turnirida o‘tkazilgan va unda rossiyalik 4 raundda sabmishn evaziga zafar quchgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!