Xabib Nurmagomedov: "O'zaro solishtirsak, Usmon istedodliroq, biroq Umar hamma narsaga mehnati orqali erishgan"
MMA afsonasi Xabib Nurmagomedov amakivachchasi Umar Nurmagomedov haqida gapirdi.
"Umar – juda mehnatkash. Agar uni ukasi bilan taqqoslasak, Usmon iste'dodliroq, lekin Umar hamma narsaga mehnati orqali erishgan.
Temirni qancha ko‘p ursang, qilich shuncha yaxshi bo‘ladi. Umarning yonida esa temirchilar bisyor edi – otam, uning otasi, men va boshqa sparring sheriklarim. Qarang, aynan shular sabab u bugun qanday qilich bo‘lib yetishdi?!", - dedi Xabib "Gorilla Fighting" nashriga bergan intervyusida.
Esalatib o‘tamiz, Umar Nurmagomedov 29 avgust kuni Shanxayda bo‘lib o‘tadigan "UFC Fight Night 286" turnirida mezbonlar vakili Song Yadongga qarshi jang qiladi.

Fikrlar