Xabib Nurmagomedov: "Real Madrid – yuragimdagi klub"

  • 17.04.2026 13:30
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov "Real Madrid"ga bo‘lgan muhabbatini tan oldi.

"Bolaligimdan futbol tamosha qilaman. O‘shanda dunyoning eng yaxshi klublari meni qachondir o‘z bazasiga taklif qilishini o‘ylamagandim. Biroq bugun ular amalga oshgan. Hozirga qadar turli klublarning stadioni va mashg‘ulotlarida bo‘ldim. Lekin "Real Madrid"niki ko‘proq yoqdi. Chunki u – mening yuragimdagi klub edi va doim shunday bo‘lib qoladi", – deb yozgan Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Xabib "Real Madrid" o‘yinlariga bir necha bor tashrif buyurib, jamoa futbolchilari bilan uchrashgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!