Xabib Nurmagomedovning menejeri sobiq chempion Entoni Pettis va Avram Kava bilan mushtlashib ketdi
UFCning engil vazn chempioni Xabib Nurmagomedovning menejeri, Ali Abdel-Aziz sobiq chempion Entoni Pettis va uning menejeri Avraam Kava bilan janjallashib ketdi.
Janjal juma kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan PFL 7 turniri doirasida bo‘lib o‘tdi. Ular Bir-birlariga zarba berishga ham ulgurishdi. Mazkur to‘qnashuvga oxir-oqibat politsiya aralashishga to‘g‘ri keldi.
"Abdel-Aziz, haqiqiy qo‘rqoqlar kabi, menejerimni urdi va 15 soniyadan keyin g‘oyib bo‘ldi", -deya voqeani izohladi Pettis.



Fikrlar