Xabib Nurmagomedovning otasi kurashchi qizlarga yordam beradi
UFC engil vazn chempioni Xabib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov Rossiya Federatsiyasi ayollar kurash terma jamoasida maslahatchi sifatida ish boshlaydi.
- Terma jamoada mening ko‘pgina do‘stlarim faoliyat olib borishadi. Men ham sportchilarga kelajakdagi faoliyatlarida yordam berishga tayyorman.
Tan olish lozimki, men termadagi kurashchi qizlar bilan suhbatlashganman va ularni ruhlantirish qo‘limdan kelgan. Ularning murabbiylari bor, mening vazifam esa o‘zgacha, - deya Nurmagomedovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS.
Fikrlar