xabib ufc 235 turniri g‘oliblarini tabrikladi
Rossiyalik UFC engil vazn chempionlik kamari sohibi Xabib Nurmagomedov UFC 235 turniri g‘olibalri Kamaru Usmon hamda Zabit Magomedsharipovni g‘alaba bilan tabrikladi.
- Usmonning harakatlari va g‘alabasi meni lol qoldirdi. Kamaru hamda Zabitni ko‘rsatgan natijalari bilan qutlayman.
Zabit va Usmon MMAning porloq kelajagidir, - deb yozib qoldirdi Nurmagomedov o‘zining tvitterdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Kamaru Usmon Tayron Vudlini mag‘lub etib promoushen yarim o‘rta vazn toifasida chempioniga aylandi. Zabit Magomedsharipov Jeremi Stivensni mag‘lub etib UFC top-10 reytingidan joy oladi.

Fikrlar