Xadson-Odoi koronavirusdan to‘liq sog‘aydi
Angliyaning "Chelsi" klubi futbolchisi Kallum Xadson-Odoi bundan bir muddat ilgari COVID-19 infektsiyasini yuqtirib olgani haqida xabar bergan edik. Jamoa bosh murabbiyi Frenk Lempardning ta’kidlashicha, ayni vaqtda iqtidorli futbolchi to‘liq sog‘ayishga erishgan.
"Men u bilan hafta davomida aloqada bo‘ldim. Bu g‘alati davr edi. Baxtimizga u kuchli og‘riqlarni sezmadi. Barchasi ortda qolganidan g‘oyat xursandman. Kallum to‘liq sog‘aydi. Endi jamoaning qolgan a’zolari barcha extiyot chorasini qo‘llashlari lozim. Kallumning testi musbat ko‘rsatkich qayd etganidan buyon vaziyatni nazoratga olganmiz. Hozir jamoamizda barchasi joyida", - deya Lempardning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, Xadson-Odoida 9 mart kuni koronavirus simptomlari aniqlangan va oradan 3 kun o‘tib, uning testlari musbat ko‘rsatkich qayd etgan edi.



Fikrlar