Xakimi Mbappega: "Ko‘rishguncha do‘stim"

  • 12.12.2022 11:46
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

Marokash terma jamoasi himoyachisi Ashraf Xakimi Frantsiyaga qarshi JCh-2022 yarim final uchrashuvi oldidan "PSJ"dagi jamoadoshi Kilian Mbappega murojaat qildi.

"Yaqin kunlar ichida ko‘rishguncha do‘stim", - deb yozdi Xakimi. Mbappe bu postga o‘z munosabatini uchta yurak emojisi bilan qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, shanba kuni marokashliklar chorak finalda Portugaliya terma jamoasini mag‘lub etishgandi (1:0). Yarim finalda Valid Regragi shogirdlari amaldagi jahon chempioni Frantsiya bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 14 dekabr kuni Al-Xavrada bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!