Xalqaro chempionlar kubogi. "Bavariya" yagona gol evaziga "Milan"dan ustun keldi, "Atletiko" esa penaltilar seriyasida Meksika grandini taslim etdi

  • 24.07.2019 08:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor ayni damda dunyoning ko‘plab shaharlarida Evropaning grand klublari ishtirokida Xalqaro chempionlar kubogi tijoriy turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, bugun “Bavariya” AQShda “Milan”ga qarshi bahs olib bordi va Gorettskaning 45-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.

Shuningdek, “Atletiko” Madrid Meksikaning “Gvadalaxara” klubiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida hisob ochilmagach, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda esa 4:5 hisobida “matraschilar” g‘alaba qozonishdi.

“Gvadalaxara” Meksika – “Atletiko” Ispaniya 0:0 (0:0, 0:0, 0:0, 0:0), penalti - 4:5

24 iyul, 06.00, «Globe Life Park in Arlington»

“Gvadalaxara” – Gudino, Briseno, van Rankin, Vilyanueva, Ponse, Servantes, Lopes (Molina, 59), Vilyalpando (Beltran, 73), Alanis (González, 59), Peralta (Uerta, 73), Vega (Brisuela, 59).

“Atletiko” – Oblak (Adan, 46), Ermoso (Montero, 46), Tripper (Karlos Isaak, 46), Savich (Felipe, 46), Lodi (Sanches, 46), Vitolo (Moyya, 46), Saul (Koke, 46; Shaponich, 70), Lorente, Lemar (Errera, 46), Morata (Korrea, 46), Diego Kosta (Sanabriya, 46).

Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 4:5.

Ogohlantirishlar: Diego Kosta (15), Vilyalpando (15), Vilyanueva (55), Moyya (74), Adan (94).

Chetlatish: Lorente (24), Vilyanueva (61).

***

“Bavariya” Germaniya – “Milan” Italiya 1:0 (1:0, 0:0)

24 iyul, 06.00, «Layvstrong Sporting Park»

Gol: 1:0 – 45 Gorettska.

“Bavariya” – Noyer (Ulrayx, 46), Kimmix (Mixalevich, 46), Zyule, Pavar, Tolisso (Alkantara, 46), Devis, Sanshesh (Singx, 59), Gorettska, Koman (Alaba, 59), Arp, Myuller (Shtiller, 80).

“Milan” – Donnarumma, Kalabriya, Teo (Konti, 45), Strinich, Gabbiya, Kastilexo (Mionić, 90), Chalxanoglu, Borini (Breshanini, 90), Bigliya, Maldini (Kutrone, 58), Piontek.

Ogohlantirishlar: Chalxanoglu (49).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!