Asosiy mazmunga oʻtish

Xalqaro sinovga yuborilgan o‘zbekistonlik hakamlar 100 foizli natija qayd etishdi

Bekzod Isayev
Izohlar: 3

Yana 2 nafar hakamimiz OFK VAR kursini muvaffaqiyatli yakunladi

Bir necha hakamlarimiz OFK tomonidan video assistent referilar uchun tashkil etilgan kursda tahsil olishgandi. Yaqindagina ushbu kurs yakunlari bo‘yicha vakillarimizning dastlabki natijalari e’lon qilingani, unga ko‘ra, Abdurashid Xudoyberganov hamda Firdavs Norsafarov VAR kursini muvaffaqiyatli yakunlashganini ma’lum qilgan edik.

Bugun OFK ushbu kurs yakunlari bo‘yicha qolgan 2 hakamimizning ham natijasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Rahimbek Karimov hamda Aziz Asimov ham VAR kursini muvaffaqiyatli yakunlashgani oydinlashdi. Shu tariqa, xalqaro sinovga yuborilgan vakillarimiz 100 foizli natija bilan ortga qaytishdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol hakamlari markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q