Xames "Bavariya"da qolishni istamayapti

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bavariya"da ijara asosida to‘p surayotgan yarim himoyachi Xames Rodriges yozda "Real"ga qaytishni reja qilmoqda.

Marca nashrida berilgan xabarga ko‘ra, kolumbiyalik futbolchi "Bavariya"dagi faoliyatidan ko‘ngli to‘lmayapti va "Real"ga qaytish uchun klub prezidenti Florentino Peres va bosh murabbiy Zinedin Zidan bilan gaplashib olishni reja qilgan. Niko Kovach kolumbiyalik iqtidorli futbolchiga etarlicha o‘yin amaliyotini taqdim qilmayotganidan xafa.

Rodriges 2017 yilning yozida "Bavariya"ga ko‘chib o‘tgan. Shundan buyon u myunxenliklar safida ijara asosida to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda Xames Rodriges "Bavariya" safida 17ta uchrashuvda 7 bor gol urgan hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!