Xames Madridga qaytishi mumkin, faqat...

  • 15.05.2019 20:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Atletiko" klubi "Real" xavbeki Xames Rodrigesga qiziqish bildira boshladi.

OK Diario nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli kolumbiyalik futbolchini shaxsan “matraschilar” ustozi Diego Simeone o‘z jamoasida ko‘rishni xohlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xames so‘nggi ikki mavsumdan buyon ijara asosida “Bavariya”da o‘ynamoqda. Myunxenliklarda uni 42 mln evroga to‘liq sotib olish huquqi mavjud.

Ma’lumot uchun, Rodriges joriy mavsum “Bavariya” safida jami 28ta o‘yinda ishtirok etdi va 7ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!