
Xames "Milan"ga o‘tishi mumkin
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Xames Rodrigesga faoliyatini davom ettirishi uchun yana bir variant paydo bo‘lmoqda.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda kolumbiyalik futbol yulduzi “Milan”ga ko‘chib o‘tishi mumkin. “Rossonerilar” aynan mahoratli pleymeyker qidirishmoqda va Xames nomzodiga jiddiy qiziqish bildira boshlashgan.
Ta’kidlash kerakki, Xamesning transferi “Milan”ga 42 mln evrodan kamiga tushmaydi. Boisi, “Qirollik klubi” uni aynan mana shu narxga sotmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq ushbu futbolchiga A Seriyaning boshqa bir grandi – “Napoli” ham kurash olib borgan edi. Biroq, yakunda ular “Atletiko” bilan bo‘lgan raqobatda yutqazishdi. Ayni damda Xames uchun aynan “matraschilar” yagona da’vogar bo‘lib turishibdi.
Fikrlar