
Xames nega aynan APLga o‘tmoqchi?
"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges uni nima Angliya premer-ligasiga o‘tishga undashini aytdi.
“Men maydonga tushadigan erga ketishni xohlayman. Meni sevishadigan va men baxtli bo‘ladigan joyda bo‘lishni istayman. Men Angliyada o‘ynamoqchiman, chunki u eng kuchli chempionat.
Men aslida o‘tgan yili ketmoqchi edim, ammo “Real” qo‘yib yubormadi. Garchi bu erda o‘zimni ko‘rsatishim uchun u qadar ko‘p imkoniyatga ega bo‘lmasligimni bilsamda, qolishga majbur bo‘ldim ”, - deydi kolumbiyalik futbolchi.
Bundan avvalroq, 29 yoshli Xamesga “Atletiko” va “Everton”dan jiddiy takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. “Real” esa uni 20 mln evroga baholamoqda. U o‘tgan mavsum bor yo‘g‘i 14 ta o‘yinda ishtirok etdi xolos.
Fikrlar