Xames Rodriges "Arsenal"ga o‘tishi mumkin

  • 26.01.2020 23:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi "Real" yarim himoyachisi Xames Rodrigesning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “kanonirlar” 28 yoshli kolumbiyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga olishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “qirollik klubi” Xamesni 42 mln evro evaziga to‘liq sotib yuborishga rozi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Xames joriy mavsum “Real” safida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!