Asosiy mazmunga oʻtish

Xames Rodriges Kolumbiya prezidentining qizidan uzr so'radi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Kolumbiya mundialning guruh bosqichida Portugaliya, Kongo va Oʻzbekistonga qarshi oʻynaydi.

Kolumbiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Xames Rodriges mamlakat prezidenti Gustavo Petroning qizi Antonellaga aeroportda yuz bergan holat uchun uzr bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, terma jamoa jahon chempionatiga yo‘l olgani munosabati bilan aeroportda kuzatish marosimi bo‘lib o‘tgan. Shu payt Antonella futbolchidan birga suratga tushishni so‘ragan, ammo u bu iltimosni eʼtiborsiz qoldirgan.

Keyinchalik Antonella bu holatdan xafa emasligini, Rodriges uning kumiri ekanini bildirgan. Futbolchi esa ijtimoiy tarmoqlarda quyidagicha munosabat bildirdi:

“Antonella, albatta surat bo‘ladi! Shuningdek, sen uchun futbolkam bor — qaerga yuborishni ayt. Keyingi safar balandroq gapir. Quchoqlayman”, — dedi Rodriges.

Maʼlumot uchun, Kolumbiya mundialning guruh bosqichida Portugaliya, Kongo va O‘zbekistonga qarshi o‘ynaydi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q