Xames Rodriges Osiyo klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 03.02.2026 18:15
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Kolumbiya terma jamoasi yetakchisi Xames Rodriges Qozog‘istonga kelishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, Kolumbiya terma jamoasi sardori Xames Rodrigesning yaqinlari uning xizmatlarini Qozog‘iston, Polsha va Turkiyaning bir qator klublariga taklif etgan. Bu haqida polshalik jurnalist David Dubrash ma'lum qilgan. 34 yoshli havbek o‘z vaqtida "Portu", "Monako", "Real Madrid", "Bavariya" kabi Yevropaning top klublarida o‘ynagan va jamoaning asosiy figuralaridan biri bo‘lgan. Xamesning so‘nggi jamoasi Meksikaning "Leon" klubi bo‘lgan edi. So‘nggi mavsumida 14ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Ma'lumot uchun, Rodriges hali hamon Kolumbiya terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!