Xames Rodriges: "Real"da qarorni Zidan qabul qilmaydi
"Real" Madrid yarim himoyachisi Xames Rodriges yangi mavsumni qaerda boshlashini bilmasligini aytdi.
“Ayni damda mening bor e’tiborim Amerika kubogida ishtirok etayotgan Kolumbiya terma jamoasi safida. Hozircha qaerda o‘ynashimni bilmayman. Taqdirim “Real”ga bog‘liq. Jamoada qarorni ko‘pchilik qabul qiladi. Men shu kungacha Zidan bilan biror marta ham gaplashmadim”, - deydi kolumbiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Xamesga “Napoli”dan jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. “Real” esa uni 55 mln evroga baholamoqda.
Fikrlar