Xames: Ronaldu eng shafqatsiz futbolchi
"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges 2018 yilda “Yuventus”ga ko‘chib o‘tgan portugaliyalik sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida gapirib o‘tdi.
“Ronaldu hamisha golga och bo‘lgan. U har doim gol urishni xohlaydi. Bir futbolchini eng yaxshi, deb ajratib ko‘rsatish qiyin, chunki ular juda ko‘p. Lekin, Ronaldu eng shafqatsiz futbolchi”, - deydi kolumbiyalik futbolchi.
35 yoshli Ronaldu faoliyati davomida 700 dan ortiq gol va 250 dan ortiq golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar