
Xamesga yana bir eshik yopildi
“Latsio” rahbariyati “Real”ning kolumbiyalik yulduzi Xames Rodriges transferidan voz kechdi.
Yangi mavsumda Chempionlar ligasida o‘ynaydigan rimliklar bu futbolchini maydon markazini kuchaytirish va hujumkorlikni oshirish uchun taklif qilishni rejalashtirgan edi. Ma’lumotlarga qaraganda, futbolchining salomatligida muammo borligini aniqlagan “Latsio” mutasaddilari uni olish fikridan qaytgan.
Xames “Real” tarkibiga 2014 yili “Monako”dan 75 million evro evaziga olib kelingan. Shu paytgacha 125 ta uchrashuvda 37 ta gol urib, 42 ta golli uzatma bergan pleymeyker Zinedin Zidan boshqarayotgan jamoada asosiy tarkibga kira olmayapti.
Fikrlar