Xamesning agenti "Napoli" bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Italiyaga keldi
“Real” Madrid klubi yarim himoyachisi Xames Rodrigesning agenti Jorje Mendesh “Napoli” bilan mijozining transferini muhokama qilish uchun Italiyaga keldi.
Marca nashri tarqatgan xabarga qaraganda agent kolumbiyalik futbolchining shartnoma bo‘yicha istaklarini muhokama qilish uchun Italiyaga kelgan.
Biroq, ushbu transferdagi eng qiyin vaziyat “Real” bilan bog‘liq. Boisi, madridliklar Xames evaziga 50 mln evro atrofida mablag‘ talab qilishmoqda. “Napoli” esa uni ijaraga olishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, Xames uchun shuningdek Madridning “Atletiko” klubi ham kurash olib bormoqda. Agar “Napoli” bilan muzokaralar muvaffaqiyatli kechmasa, u katta ehtimol bilan “matraschilar” safiga o‘tadi.
Fikrlar