Hamzat Chimaev: "Dyu Plessi bilan yuz marta jang qilsam, yuz marta yutaman"

  • 22.02.2026 09:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

O‘rta vazn toifasida UFC chempioni Hamzat Chimaev janubiy afrikalik Drikus dyu Plessiga qarshi jangni esladi.

"Men Drikusni ancha kuchliroq, deb o‘ylagandim, ammo unday emas ekan. Agar biz yuz marta jang qilsak, men uni yuz marta mag‘lub etgan bo‘lardim. Uning o‘zini tutishi menga yoqadi, u haqiqiy jangchi, lekin uslub jihatidan menga mos va qulay", — dedi chechenistonlik You Tube dagi "Jaxxon Podcast" kanalida.

Eslatib o‘tamiz, Chimaev va dyu Plessi o‘rtasidagi to‘qnashuv 2025 yil 16 avgust kuni "UFC 319" turnirida bo‘lib o‘tgan va unda Hamzat hakamlarnig yakdil qarori bilan g‘alaba qozongandi.

Zeboniso Hamidova tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!