Asosiy mazmunga oʻtish

Xamzat Chimaev: "O‘g‘limning bitta buyragi olib tashlangan"

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Chechenistonlik jangchi o‘g‘lining sog‘ligi bilan bog‘liq muammolari borligini aytib o‘tdi.

Chechenistonlik jangchi Xamzat Chimaev bir yoshli o‘g‘lining sog‘ligi bilan bog‘liq muammolari borligini aytib o‘tdi.

"Kasallangani bois o‘g‘limning bitta buyragi olib tashlangan. Hozir ham davolash ishlari davom etmoqda. O‘tgan yili birinchi operatsiyasini o‘tkazdi. Bu yil ham yana bir bor jarrohlik stoliga yotishi kerak. O‘ylaymanki, shundan so‘ng u butunlay tuzalib ketadi", - dedi UFC jangchisi.

Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan "UFC 308" turnirida Chimaev 1-raundadyoq Robert Uittakerni bo‘g‘ish usuli orqali mag‘lubiyatga uchratdi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q