Hamzat Chimaevda qotil instinkti bor(mi?)
UFC sobiq chempioni Merab Dvalishvili o‘rta vazn toifasidagi amaldagi chempion Hamzat Chimaev haqida gapirdi.
"Chimaev - haqiqiy yirtqich. U nihoyatda kuchli. Hamzatda qotil instinkti bor. U har doim oxirigacha kurashadi. Isboti sifatida Dyu Plessiga qarshi jangni olaylik. Chechen uni hech qanday kuch sarflamasdan yiqitib, parterda osonlikcha ushlab turdi. Ochig‘i, Hamzatning bu darajada aql bilan ishlaganidan hayratdaman", – dedi gruziyalik "Mighty" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 10 may kuni "UFC 328" turnirida Chimaev chempionlik kamarini amerikalik Shon Striklendga qarshi himoya qiladi.

Fikrlar