Hamzat Chimaevning organizmi vazn tashlashga dosh berolmadi!
Hamzat Chimaevning akasi Artur Chimaev chechennning Shon Striklendga nima uchun mag‘lub bo‘lganini tushuntirdi.
"Belgilanggan me’yorga yetish uchun 1,2 kg vazn tashlash qolganda organizm chiday olmadi. Bizga soatlab tanaffus berishdi, chunki sog‘liq imkoniyat bermayotgandi. Lekin yakunda baribir me’yorni bajardik. Jang payti - ikkinchi raundda organizm tiklanmagani aniq bo‘ldi. Odamlarda savollar borligini tushunaman. Nima uchun qisqa vaqtda shuncha vazn tushirishga qaror qilingan?! UFC bilan dastlabki kelishuvga ko‘ra, Chimaev Irji Prohazkaga qarshi 93 kg da oktagonga chiqishi kerak edi. Biroq keyin Hamzatga telefon qilishib, Shon bilan jang qilish so‘raldi. Ukam esa bahsni qabul qildi va 105 kg dan 84 kg ga tushdi.
Ochigi, vazn tashlash payti Hamzat deyarli hushini yo‘qotdi. Kislorod yetishmadi. Vazn o‘lchashdan keyin ham Hamzat faqat 5-6 kilogram qo‘sha oldi", - dedi Artur.

Fikrlar