Xarri Keyn: Angliya finalga juda yaqin edi, bizga shunchaki omad etishmadi

  • 7 iyun, 2019, 11:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn kecha UEFA Millatlar ligasi yarim finalida Gollandiyadan uchralgan alamli mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Jamoamiz finalga yaqin edi, bizga shunchaki omad etishmadi. Biz bir nechta xatolarga yo‘l qo‘ydik, to‘pni raqibga juda oson berib qo‘ydik. Gollandiyaliklar bizga etarli darajada kuchli bosim o‘tkazishdi. Bu natija biz uchun katta tajriba bo‘ladi”, - deydi Keyn.

Eslatib o‘tamiz, inglizlar kechagi bahsda birinchi bo‘lib hisobni ochishgan va 73-daqiqagacha hisobda oldinda bordi.

Ma’lumot uchun, Angliya terma jamoasi endi 9 iyun kuni musobaqaning bronza medallari uchun Shveytsariyaga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!