Xarri Keyn "Bavariya"da Levandovski rekordiga tenglashdi

  • 07.05.2026 19:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Harri Keyn joriy mavsumda "Bavariya" safida 55 ta gol urdi.

Angliyalik hujumchi shu tariqa hozirda "Barselona"da to‘p surayotgan Robert Levandovskining rekordini takrorladi. Polshalik forvard 2019/20 yilgi mavsumda ham 55 ta gol urgan edi.

Keynning gollari quyidagicha taqsimlangan:
— 33 ta gol Bundesligada;
— 14 ta gol Chempionlar ligasida;
— 7 ta gol Germaniya Kubogida;
— 1 ta gol Germaniya Superkubogida.

Hujumchida rekordni yangilash uchun yana uchta o‘yin bor. "Bavariya" oldida Bundesliganing ikki turi va Germaniya Kubogi finali qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!