Xarri Keyn Manchester klubiga o‘tmoqchi
The Times nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “Tottenxem” hujumchisi Xarri Keyn yozda "Manchester Siti"ga o‘tmoqchi.
Gap shundaki, angliyalik futbolchi Xosep Gvardiola qo‘l ostida to‘p surishni xohlamoqda. O‘z navbatida, “shaharliklar” ham mahoratli futbolchini tarkibga qo‘shib olishga qarshi emas.
Keyn allaqachon "Tottenxem" rahbariyatiga klubni tark etmoqchiligini ma’lum qilgan. “Shporlar” esa, uni 150 million funtdan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Xarri Keyn joriy mavsum premer-ligada jami 33 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 22 ta gol hamda 13 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar