Xarri Keyn qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi
"Tottenxem" klubi matbuot-xizmati hujumchi Xarri Keynning maydonga qaytish vaqti haqida ma’lumot berdi.
Forvard Angliya chempionati 21-tur doirasida "Sautgempton"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi. Futbolchi bir-necha kun ichida jarrohlik stoliga yotadi.
Klub rasmiylari xabariga ko‘ra, Angliya terma jamoasi hujumchisi aprel oyida maydonga qaytishi mumkin ekan.
Joriy mavsumda Keyn londonliklar safida 25 o‘yinda maydonga tushdi va 17 gol va 2 gollik uzatma muallifiga aylandi.



Fikrlar