
Xarri Maguayr: "Bu Angliyaning eng mukammal varianti emas"
Jahon chempionati "B" guruhida ikkinchi tur o‘yinlari yakunlandi. Angliya va AQSh o‘rtasida kechgan bellashuv nursiz durang bilan yakun topdi - 0:0.
Uchrashuvdan so‘ng angliyaliklar himoyachisi Xarri Maguayr o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz har bir o‘yinga g‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Ammo bu Jahon chempionati, unda eng kuchli jamoalar ishtirok etadi.
AQSh yaxshigina qarshilik ko‘rsatdi. O‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etmadik. Ishontirib aytamanki, bu Angliyaning eng mukammal varianti emas.
Har qanday raqibni hurmat qilishimiz kerak. Muxlislar ko‘p gol ko‘rishni istashadi. Biroq bu doim ham amalga oshmaydi. Bunday vaziyatlarda gol o‘tkazib yubormaslik muhim va biz buni uddaladik", - dedi Maguayr.
Fikrlar